Protozoy infektsiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit, Bacteroides spp.
(shu jumladan, B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlar infektsiyalari, markaziy nerv tizimi (MNT) infektsiyalari, shu jumladan, meningit, bosh miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessi.
Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a’zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsis.
Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq).
Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish.
O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizatsiyalovchi vositasi sifatida).
Alkogolizmda qo‘llanadi.